Jahon | 14:42 / 02.04.2019
16443
1 daqiqa o‘qiladi

Kashmirda Hindiston va Pokiston harbiylari o‘rtasida otishma bo‘lmoqda

Foto: AP Photo / Mukhtar Khan

Kashmir hududida Hindiston va Pokiston harbiylari bir-birlarining pozitsiyalarini o‘qqa tutishmoqda, deb ma'lum qildi Hindiston mudofaa vazirligi vakili Devender Anand.

"Soat 11.30da (Toshkent vaqti bilan 11.00) Pokiston armiyasi minomyot va o‘qotar qurollar orqali Nausher sektorida o‘t ochdi. Harbiylarimiz bunga javob qaytarishdi. Otishma hozirgacha davom etmoqda", - dedi u.

Avvalroq Pokiston qurolli kuchlari vakili Hindiston tomonining o‘t ochishi oqibatida uch nafar pokistonlik harbiy halok bo‘lgani, bir nafari jarohatlanganini xabar qilgandi.

14 fevralda Jammu va Kashmir viloyatlarida harbiylarga qilingan hujum sababli Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi keskin munosabat saqlanib qolmoqda. Hujum uchun javobgarlikni Pokistondagi "Jaishi-Muhammad" guruhi o‘z zimmasiga olgan bo‘lib, hujum oqibatida 45 kishi halok bo‘lgandi.

Mavzuga oid