Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning sport bilan shug‘ullanishi uchun sharoitlar yaratish bo‘yicha dastur tasdiqlanadi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarning sport bilan shug‘ullanishlari uchun sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
O‘zbekiston Respublikasida jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarning sport bilan shug‘ullanishlari uchun sharoitlar yaratish bo‘yicha chora-tadbirlari dasturi tasdiqlanishi mumkin:
Quyidagilar Dasturning asosiy yo‘nalishlari etib belgilanadi:
jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarning sport bilan shug‘ullanuvchilariga shart-sharoitlar yaratish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy sport uskunalari va anjomlari bilan ta'minlash, davlat-xususiy sheriklik sub'yektlari faoliyatini rivojlantirish;
jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun mo‘ljallangan sport turlari bo‘yicha kadrlar salohiyatini yanada oshirish, yuqori malakali, chuqur kasbiy bilimlarga va axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan malakali trenerlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, ularni ilmiy-uslubiy ta'minlash;
aholining keng qatlamlari o‘rtasida jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarning sport bilan shug‘ullanuvchilari bo‘yicha ommaviy-sog‘lomlashtirish ishlarini rivojlantirish, musobaqalarni o‘tkazish, iqtidorli sportchilarni aniqlash, ularni qo‘llab quvvatlash va maqsadli tayyorlash;
O‘zbekistonda jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun mo‘ljallangan sport turlarini yanada rivojlantirish maqsadida ushbu sport turlaridan yuqori natijalarga erishgan mamlakatlar tajribasini o‘rganish, zarur hollarda xorijiy trenerlar va mutaxassislarni jalb qilish;
hududlarda nogironlar futbol klublarini tashkil etish va ularni qo‘llab-quvvatlash;
ommaviy axborot vositalari, shu jumladan elektron va jahon internet tarmog‘i orqali aholi o‘rtasida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun mo‘ljallangan sport turlarini sog‘lom turmush tarziga ijobiy ta'sir etuvchi vosita ekanligini targ‘ib qilish ishlarini tashkil etish.
Quyidagilar Dasturning moliyalashtirish manbalari etib belgilanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasida nazarda tutilgan mablag‘lar;
O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari;
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi;
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi;
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi;
O‘zbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi;
O‘zbekiston karlar sport federatsiyasi;
Ko‘zi ojizlar sport federatsiyasi;
O‘zbekiston Maxsus Olimpiada;
Xorijiy investorlarning mablag‘lari;
imtiyozli xorijiy kreditlar va grantlar, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari mablag‘lari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Mavzuga oid
19:57 / 22.05.2025
AQShda «doping o‘yinlari» o‘tkaziladi
20:59 / 16.04.2025
Har yili dekabrda «Prezident Olimpiadasi» o‘tkaziladi
18:01 / 13.02.2025
O‘zbekiston qishki Osiyo o‘yinlari tarixida ikkinchi yaxshi natijasini ko‘rsatdi
15:12 / 13.02.2025