Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Rossiya bilan o‘nta Mi-35M vertolyoti bo‘yicha shartnoma imzolagan
O‘zbekiston 2018 yilda Rossiyaning o‘nta Mi-35M vertolyoti bo‘yicha shartnoma imzolagan, deb xabar bermoqda «Kommersant'». Yaqin vaqt ichida Rossiya prezidenti Vladimir Putin harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha komissiya majlisini o‘tkazadi, unda 2018 yilda qurol-yarog‘ eksporti bo‘yicha rasmiy natijalar e'lon qilinadi.
Natijalar kutilganidan yaxshiroq bo‘lgan: Rossiya chet elga 15 milliard dollarlik qurol-yarog‘ va harbiy texnika yetkazib berdi, 20 milliard dollardan ziyod qiymatdagi yangi shartnomalar imzolandi, bu eng katta ko‘rsatkichlardan biri.
Mi-35M vertolyotlarini qo‘shni Qozog‘iston ham sotib oladi - 2018 yilda Ostona (hozirgi Nur-Sulton) Moskva bilan sakkizta Su-30SM qiruvchi samolyoti, to‘rtta Mi-35M vertolyoti va «Buk-M2E» zenit raketa tizimi divizionini xarid qilish bo‘yicha shartnoma imzoladi.
Markaziy bank hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar importini oshirdi. 2018 yilda mamlakatda 0,7 million dollarlik qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar, ularning qismlarini sotib oldi. Bu raqamlar ichida Mi-35M vertolyotlari bor yoki yo‘q ekani - noma'lum. 2017 yilda Rossiya O‘zbekistonga 12ta Mi-35 vertolyoti yetkazib berishi ma'lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025