Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uy olib berish bahonasida 220 mln so‘mga «uxlatgan» shaxs ushlandi
2019 yil 26 mart kuni Toshkent shahrining Shayxontohur tuman IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2018 yil 9 sentabr kuni Olmazor tumanida yashovchi M.M. fuqaro G‘.J.ga yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylardan xonadon olib beraman deb, aldov yo‘li bilan undan 220 mln. so‘m pulini olgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, u shu kunga qadar bergan va'dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, M.M. qo‘lga olingan.
Qayd etilishicha, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:42 / 26.05.2025
Yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi
08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
21:32 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
07:40 / 21.05.2025