Jahon | 08:32 / 03.04.2019
50486
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada qotilliklarda ayblanayotgan O‘zbekiston fuqarosi umrbod ozodlikdan mahrum etildi

Foto: Mushchinkina Natalya

Moskva shahar sudi besh nafar ayolni o‘ldirganlikda ayblanayotgan o‘zbekistonlik Baxtiyor Matyoqubovga umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi. Bu haqda RIA Novosti sud matbuot xizmatiga tayangan holda xabar bermoqda.

Tergov versiyasiga ko‘ra, 2005 yilning yanvaridan aprel oyigacha bo‘lgan vaqtda ayblanuvchi Moskvada va Moskva oblastidagi odamlar kam bo‘lgan joylarda ayollarga hujum qilgan. U ham kunduzi, ham kechqurun qotilliklar sodir etgan.

Baxtiyor Matyoqubov uyali telefonning tafsilotlari o‘rganib chiqilgach, shuningdek, harakatlanishi bosqichma-bosqich tiklanib, jinoyat sodir etilgan joylar bilan bog‘langanidan keyin fosh etildi. Huquq-tartibot idoralari ayblanuvchi qayerda yashashini aniqlashdi, u yerda tintuv davomida ikki qurbonning qon izlari bo‘lgan kiyim-kechak topilgan.

Foto: Mushchinkina Natalya

Baxtiyor Matyoqubov xalqaro qidiruvga berildi va qotillik sodir etgani uchun chet elda hibsga olindi. 2017 yilning dekabrida u Moskvaga ekstraditsiya qilindi. Dastlabki tergov davomida Matyoqubov o‘ziga qo‘yilgan barcha ayblovni to‘liq tan oldi.

Hukm hali kuchga kirmadi va 10 kun ichida shikoyat arizasi bilan chiqish mumkin.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid