Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TIV: Koreyada komaga tushgan o‘zbekistonlik bo‘yicha xarajatlarni qoplashga oid ishlar olib borilyapti
Tashqi ishlar vazirligining ma'lum qilishicha, Koreya Respublikasidagi klinikalardan birida 2018 yil iyul oyidan buyon koma holatida yotgan O‘zbekiston fuqarosi Abram Oqilovga amaliy yordam ko‘rsatish masalasini O‘zbekistonning Seul shahridagi elchixonasi konsullik bo‘limi nazorat ostida ushlab turibdi.
Diplomatik vakolatxona vakillari bemordan muntazam ravishda xabar olib, uning akasi Azizjon Oqilov, kasalxonaning tibbiy va ma'muriy xodimlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, hozirgi paytda O‘zbekiston fuqarosining davolanishi bilan bog‘liq barcha tibbiy xarajatlarni qoplash va tegishli tovon pulini to‘lashga oid masalalarni hal qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Bundan oldin, Janubiy Koreyada komaga tushgan o‘zbekistonlik bo‘yicha shifoxona 93 ming dollar miqdorida hisob chiqargani ma'lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
07:31 / 04.08.2022
Tashqi ishlar vazirligida yangi tayinlov amalga oshirildi
08:43 / 30.06.2022
Tashqi ishlar vazirligi tuzilmasida yangi boshqarma tashkil etildi
12:37 / 21.06.2022
Xitoy elchisi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga tashrif buyurdi
12:43 / 04.05.2022