Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda suyultirilgan gaz tashuvchi dunyodagi eng katta tankerni qurish rejalashtirilmoqda
Xitoyning “Xudun Chjunxua” kemasozlik kompaniyasi va Norvegiyaning sertifikatsiyalovchi jamiyati DNV GL suyultirilgan tabiiy gaz tashuvchi dunyodagi eng katta tankerga aylanadigan kemani birgalikda qurish haqida kelishuv imzoladi.
Kelishuv Shanxayda o‘tayotgan suyultirilgan tabiiy gaz (STG) bo‘yicha 19-xalqaro anjuman va ko‘rgazma LNG2019 doirasida imzolangan. Kema suvga qachon tushirilishi haqida hozircha hech narsa ma'lum emas. Shunisi ma'lumki, keyingi yil oxiriga ushbu loyiha bo‘yicha texnik hujjat tayyor bo‘lishi kerak. Tanker 270 ming kubmetr STG tashishi kutilmoqda.
Ayni vaqtda STGni tashish uchun mo‘ljallangan dunyodagi eng katta tanker Qatarga tegishli Mozah kemasi bo‘lib, u 2007 yilda suvga tushirilgan. Tankerning uzunligi 345 metrni, eni 53,8 metrni va balandligi 34,7 metrni tashkil qiladi, u 266 ming kubmetr STG tashiy oladi.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025