Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayrim tumanlarda bozorlarni xususiy boshqaruvga berish tajribasi joriy etiladi - Prezident
Prezident yilning birinchi choragi yakunlari bo‘yicha Davlat budjetiga tushumlar va eksport prognozlari ijrosi natijadorligi hamda birinchi yarim yillik uchun belgilangan ko‘rsatkichlarning so‘zsiz bajarilishini ta'minlash yuzasidan videoselektor davomida bozorlar tushumiga ham to‘xtalib o‘tgan.
«Yana bir muhim masala bozorlar tushumi hisoblanadi. Birinchi chorakda bozorlar daromadi Shumanay va Dehqonobodda 80 foiz, Peshko‘, Vobkent, Jondor, Qo‘shrabot, Andijon, Oqoltin va Arnasoy tumanlarida 90 foizga bajarilgan bo‘lsa, Nukus shahrida bu ko‘rsatkich 50 foizga ham yetmagan.
Shu o‘rinda, Toshkent shahrida o‘tkazilgan tajriba doirasida «Navro‘z dehqon bozori» ishonchli boshqaruv asosida xususiy sektorga berilgandi. Buning natijasida, bozorning oylik tushumi 300 million so‘mga yoki ikki barobarga, bozor avtoturargohi tushumi uch barobarga oshdi.
Bu tajribani boshqa hududlardagi ahvoli og‘ir bo‘lgan bozorlarda ham tatbiq etish borasida takliflar ishlab chiqilsin», deya Prezident so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Ma'lumot uchun, O‘zbekistonda davlat ulushi mavjud bo‘lgan bozor va savdo komplekslari umumiy soni 491tani tashkil etadi. Ularning umumiy qarzdorligi jami 80 milliard.
2018 yilning avgustida Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani hududidagi ikki milliard so‘mlik qarzdorlikka ega «Navro‘z dehqon bozori» AJ tajriba tariqasida tadbirkorlik sub'yektiga ishonchli boshqaruvga berilgandi.
Mavzuga oid
12:30 / 27.05.2025
Mebel mahsulotlari xomashyosi uchun boj stavkasi 1 foiz etib belgilanadi
12:26 / 26.05.2025
Birjaga chiqariladigan oltin hajmi oshiriladi
12:18 / 26.05.2025
Yakka tadbirkorlarga tilla buyumlari bilan savdo qilishga ruxsat beriladi
11:46 / 26.05.2025