Jahon | 21:20 / 04.04.2019
7315
1 daqiqa o‘qiladi

Daniyada G‘arbiy Yevropadagi eng baland bino qurilishi rejalashtirilmoqda  

Foto: Vera Mart ‏/ Twitter

Daniyaning Dorte Mandrup Arkitekter arxitektura kompaniyasi G‘arbiy Yevropadagi eng baland bino bo‘ladigan 320 metrlik Besseller Tower binosini loyihaladi.

Osmono‘par bino aholisi 7 ming kishini tashkil qiladigan Brande shaharchasida quriladi, loyihaning developeri bosh qarorgohi Brandeda joylashgan, kiyim-kechak ishlab chiqaruvchi kompaniya Besseller bo‘ladi. 

Dezeen nashrining xabar qilishicha, bino qurilishiga ruxsat martda olingan, uni 2023 yilgacha barpo etish rejalashtirilmoqda. Hozirda G‘arbiy Yevropada eng baland bino Londondagi 307,5 metrlik Shard minorasi, Yevropada esa Sankt-Peterburgdagi 462 metrlik “Laxta-Tsentr” hisoblanadi. 

Rejaga ko‘ra, Besseller Tower’da mehmonxona, anjumanlar zali, do‘konlar va ofislar, atrofida esa boshqa binolar majmualari paydo bo‘ladi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid