Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Markaziy bank raisining sobiq o‘rinbosari Xalq bankiga yangi rais bo‘ldi
Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari Murodilla Yoqubovich Eshmatov Xalq bankiga yangi rais etib tayinlandi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.
Murodilla Eshmatov 1969 yilda Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumanida tug‘ilgan. 1991 yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutini tamomlagan.
U 1995 yildan Markaziy bank tizimida faoliyat ko‘rsatgan. 2005-16 yillarda Markaziy bank raisi o‘rinbosari bo‘lgan, 2016 yildan buyon Sirdaryo viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
Eslatib o‘tamiz, Xalq bankining avvalgi raisi Abdurasul Abdullayev mart oyi oxirida Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari — «O‘zbekchorvanasl» agentligi direktori etib tayinlangandi.
Mavzuga oid
14:00 / 20.04.2025
Xalq bankida “Lider ayollar” dasturi doirasida xalqaro seminar-treninglar o‘tkazildi
20:43 / 28.02.2025
Qo‘qonda bank xodimlari moddiy yordam va nafaqa pullarini o‘zlashtirib yubordi
11:55 / 14.12.2024
Xalq banki korrupsiyaga qarshi kurashish va shaffoflik bo‘yicha natijalarni e’lon qildi
19:00 / 25.10.2024