Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko spirtli ichimlik va giyohvand moddalarga tahlil topshirishga rozi bo‘ldi
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko undan prezident saylovlari bo‘yicha raqibi Vladimir Zelenskiy debatlar o‘tkazilishi sharti sifatida talab qilgan giyohvand moddalar va spirtli ichimlikka tahlil topshirishga rozi bo‘ldi. Bu haqda Poroshenkoning shtatdan tashqari maslahatchisi Oleg Medvedev ma'lum qildi.
“Debatlarga tayyorgarlik doirasida Pyotr Poroshenko ertaga soat 09:00da Vladimir Zelenskiyni “Olimpiyskiy” stadionining tibbiy punktida zaruriy, jumladan spirtli ichimlik va giyohvand moddalar qabul qilishga tahlillarni topshirish uchun kutadi”, deb ma'lum qilgan Medvedev.
Avvalroq Zelenskiy Poroshenko bilan debatlar o‘tkazish shartlari sifatida ularning Ukrainadagi eng katta stadion “Olimpiyskiy”da o‘tkazilishi hamda prezidentlikka nomzod hech qanday zararli odatlarga ega bo‘lmasligi, sog‘lom bo‘lishi kerakligini aytgan.
Mavzuga oid
14:52 / 21.05.2025
Zelenskiy: Rossiya urushni davom ettirish uchun vaqtni cho‘zmoqchi
08:24 / 20.05.2025
Zelenskiy qurolli kuchlarni Ukraina hududlaridan olib chiqish imkoniyatini rad etdi
22:39 / 18.05.2025
Zelenskiy Vatikanda Vens, Rubio va yangi Rim papasi bilan uchrashdi
22:32 / 18.05.2025