Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyaga NATO yoki S-400dan birini tanlash taklif qilindi
AQSh vitse-prezidenti Maykl Pens Turkiya NATOda a'zolik qilish yoki Rossiyaning S-400 zenit-raketa tizimlaridan birini tanlashi kerakligini aytdi.
Pens Turkiya “tarixdagi eng muvaffaqiyatli harbiy alyansdagi “o‘ta muhim” sheriklik yoki bu sheriklik xavfsizligiga tahdid soluvchi “aqlsiz qarorlar” o‘rtasida tanlov qilishi lozimligini aytgan. Uning ta'kidlashicha, S-400ning xarid qilinishi NATOga katta xavf soladi.
Avvalroq AQSh S-400 sababli Turkiyaga F-35 qiruvchi samolyotlari uchun qurilmani yetkazib berishni bekor qilgandi. AQSh va NATOning boshqa davlatlari Turkiyada qurollanishda ham S-400, ham F-35 tursa, Rossiya tizimi radarlari AQSh qiruvchilarini aniqlab, ular ortidan kuzatuv olib borishni “o‘rganib olishi”dan xavotir bildirgan.
Anqaraga S-400ning 4 ta divizionini yetkazib berish haqidagi kelishuvga 2017 yil sentyabrda erishilgan.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025