Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xalqaro baxshichilik san'ati festivalining bosh mukofoti 7 ming AQSh dollari - Madaniyat vazirligi
Joriy yilning 5-10 aprel kunlari Termiz shahrida tashkil etiladigan Xalqaro baxshichilik san'ati festivalining bosh mukofoti 7 ming AQSh dollari etib belgilandi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
YuNeSKO shafeligi ostida o‘tkazilayotgan festivalda xalqaro tashkilotlar, shuningdek, Afg‘oniston, Turkiya, Tojikiston, Quvayt va boshqa davlatlardan faxriy mehmonlar ishtirok etishi kutilmoqda.
80dan ortiq davlatlardan 300ga yaqin ishtirokchilar saralash komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqildi.
Saralash komissiyasi xulosasiga asosan,
20 ta davlatdan 57 nafar ijrochilar;
12 ta davlatdan 25 nafar konferensiya ishtirokchilari;
41 ta davlatdan 43 nafar mehmonlar;
20 davlatdan 29 nafar ommaviy axborot vositalari xodimlarining taklif etilishi yuzasidan qaror qabul qilindi.
Madaniyat vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, tanlov g‘oliblari Tashkiliy qo‘mita tomonidan diplom, haykalcha va pul mukofoti — Gran-Pri 7 000, 1-o‘ringa (har bir yo‘nalish bo‘yicha: yakkaxon va jamoa) 5 000, 2-o‘ringa (har bir yo‘nalish bo‘yicha: yakkaxon va jamoa) 3 500, 3-o‘ringa (har bir yo‘nalish bo‘yicha: yakkaxon va jamoa) 2 500 AQSh dollari miqdorida mukofot beriladi.
Ijrochilar «Eng yosh baxshichilik san'ati ishtirokchisi», «Muxlislar e'tirofiga sazovor bo‘lgan eng yaxshi ishtirokchi», «Eng yaxshi cholg‘u ijrochisi» kabi nominatsiyalar bo‘yicha ham pul mukofotlari va maxsus diplomlar bilan taqdirlanishi kutilmoqda.
Ma'lumot uchun, ushbu festival O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 1 noyabrdagi «Xalqaro baxshichilik san'ati festivalini o‘tkazish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, har ikki yilda bir marta an'anaviy tarzda o‘tkazib borilishi belgilangan.
Mavzuga oid
00:26 / 14.05.2025
Milliy rassomlik va dizayn institutiga rektor tayinlandi
12:14 / 04.03.2025
San’atkorlarga «u yoki bu dinni targ‘ib qilmaslik» bo‘yicha tushuntirish olib borildi
22:17 / 04.10.2024
Konsertlarning ssenariylarini oldindan tekshirish tartibi joriy etilishi mumkin
12:38 / 08.04.2024