Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Messi oxirgi besh yilda ichki chempionatda jarimadan 20ta gol urdi, Ronaldu esa – 4ta
«Barselona» sardori Lionel Messi La Ligada mart oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Musobaqa rasmiy tvitterida qayd etilishicha, Messi o‘tgan oyda «Barsa»ning 5ta o‘yinida maydonga tushib, 7ta gol urdi va 5ta golga uzatma berdi.
¡Messi es elegido como Mejor Jugador del Mes de marzo en #LaLigaSantander! 🏆👏
— LaLiga (@LaLiga) April 5, 2019
💙 @FCBarcelona_es ❤
🗒 https://t.co/MI6GZNApak pic.twitter.com/p0u9EIO0N0
Shu bilan birga, Opta`ning ma'lumot berishicha, Leo Primeraning oxirgi 5ta mavsumida jami 20ta golni bevosita jarima zarbasidan urdi. U ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Yevropaning kuchli beshlik chempionatlarida peshqadam sanaladi.
Bu yo‘nalishda yuqori beshlikka «Yuventus»ning uch futbolchisi – Miralem Pyanich (11ta gol), Paulo Dibala (9) va Krishtianu Ronaldu (4) kiritilgan. Shuningdek, «Valensiya» yarimhimoyachisi Daniel Parexo ham chempionat doirasida jarima zarbalaridan 9 marta darvozani ishg‘ol qilgan.
Eslatib o‘tamiz, hafta boshida Messi La Liga doirasida «Vilyarreal»ga qarshi bahsda (4:4) ham standart vaziyatdan gol urgan, shundan so‘ng kuchli beshlik chempionatlarida urilgan jami gollar bo‘yicha Ronalduga yetib olgandi. Umuman, 10-raqam egasi ketma-ket uchta o‘yindan buyon «shtrafnoy»dan gol urmoqda.
Mavzuga oid
15:10 / 01.05.2025
Ronaldu va Messi bir kunda yarimfinal o‘yinlarida yutqazdi
14:09 / 24.03.2025
Ronaldu noyob ko‘rsatkichga erishdi
15:28 / 30.01.2025
Ronaldu: «O‘g‘limga Mbappe yoqadi, u «Dada, Kilian sizdan yaxshiroq» dedi. Men esa «Kim ko‘proq gol urgan?» deb so‘radim»
11:06 / 14.12.2024