Sport | 14:50 / 05.04.2019
7637
2 daqiqa o‘qiladi

Neymar: «Barselona»da o‘tkazgan damlarimni sog‘indim»

Foto: Getty Images

«Pari Sen-Jyermen» hujumchisi Neymar 2013-2017 yillarda «Barselona»da to‘p tepgan vaqtlarini sog‘inayotgani haqida aytib o‘tdi.

«2015 yilda mavsumni zo‘r o‘tkazgandik. Juda ahil jamoa edik. Maydonda ham, undan tashqarida ham. O‘zaro munosabatlarimiz ancha iliq edi. O‘sha vaqtlarni juda sog‘inyapman», – dedi «Otro» bilan suhbatda bo‘lgan Neymar.

Eslatib o‘tamiz, braziliyalik hujumchi Kataloniya jamoasiga 2013 yili «Santos»dan 88,2 mln yevro evaziga kelib qo‘shilgandi. 4 yildan so‘ng uning «PSJ»ga transferi futbol tarixidagi rekord qiymatda – 222 mln yevroga amalga oshgan.

Neymar «Barsa» tarkibida 186ta o‘yin o‘tkazib, 105ta gol urgan va 76ta golga pas uzatgan. U ko‘k-anorrang libosda jami 9ta jamoaviy sovrinni qo‘lga kiritgan, ular orasida 2014/15 mavsumida erishilgan YeChL g‘olibligi ham bor.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid