Jamiyat | 19:43 / 05.04.2019
4934
1 daqiqa o‘qiladi

Og‘ir turmush sharoitida yashayotgan xotin-qizlar salomatligini tiklashga 1 mlrd so‘m yo‘naltirildi

O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarning ijtimoiy moslashuvini ta'minlash, ularning hayot kechirish sifatini yaxshilash maqsadida 2019 yilning I choragida 980 nafar imkoniyati cheklangan xotin-qizlarga amaliy yordam ko‘rsatildi. 

Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmatidan olingan xabarga ko‘ra, ular nogironlik aravachalari, tibbiy protez-ortopedik va eshitish moslamalari, qo‘ltiqtayoq, hassalar, yurish moslamalari hamda dori vositalari bilan ta'minlandi.

Shuningdek, og‘ir turmush sharoitida yashayotgan xotin-qizlarning salomatlik holatlarini yaxshilash maqsadida statsionarlarda davolanishga, sihatgohlarga va shaxar hududidagi klinikalarda bepul davolanish kurslarini olish uchun orderlar topshirildi. 

Ushbu tadbirlar uchun Xotin-qizlar va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan 1 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ ajratildi.

Mavzuga oid