Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“O‘zagrotexsanoatxolding” va “O‘zagroservis” AJ hamda ularning tarkibiga kiruvchi korxonalar ulushlari sotiladi
Agrar sektorni qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan o‘z vaqtida ta'minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida O‘zbekiston prezidentining qarori qabul qilindi.
Hujjatda qayd etilishicha, “O‘zagrotexsanoatxolding” va “O‘zagroservis” aksiyadorlik jamiyatlari hamda ularning tarkibiga kiruvchi korxonalar boshqaruv organlari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining tanlov asosida eng yaxshi takliflarni ajratib olish yo‘li bilan:
“O‘zagrotexsanoatxolding” AJning xo‘jalik jamiyatlari ustav kapitali (fondi)dagi ulushlarini korxonalarning asosiy faoliyati turini saqlab qolish sharti bilan 1-ilovaga muvofiq;
hududiy “Agroservis MTP” MChJning mashina-traktor parklari ustav kapitali (fondi)dagi ulushlarini tadbirkorlik sub'yektlariga baholash qiymatida mashina-traktor parklarining asosiy faoliyati turi (mexanizatsiya va servis xizmatlarini ko‘rsatish)ni saqlab qolish va 5 yil muddatga bo‘lib to‘lash sharti bilan 2-ilovaga muvofiq sotish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.
Qaror bilan:
“O‘zagrotexsanoatxolding” AJning xo‘jalik jamiyatlari ustav kapitali (fondi)dagi ulushini 1-ilovaga muvofiq sotishdan tushgan mablag‘lar “O‘zagrotexsanoatxolding” AJning investitsiya loyihalarini amalga oshirishga yo‘naltirilishi;
mashina-traktor parklari sotilmagan taqdirda, boshlangich narxni ular sotuvga qo‘yilgan sanadan ikki oy o‘tgach har 15 kunda bosqichma-bosqich 10 foizga kamaytirish mexanizmini qo‘llagan holda, ammo nominal qiymatdan kam bo‘lmagan narxda ommaviy sotuvga qo‘yilishi belgilab qo‘yildi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xo‘jalik jamiyatlarining ustav kapitalidagi ulushlarni baholash hamda ularni sotish bo‘yicha tanlovlarni e'lon qilish va o‘tkazishda shaffoflikni ta'minlashda “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ va “O‘zagroservis” AJga har tomonlama ko‘maklashadi.
1-ilova
Ustav kapitallari (fondlari)dagi “O‘zagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyatining ulushlari korxonaning asosiy faoliyatini saqlab qolish sharti bilan sotiladigan xo‘jalik jamiyatlari ro‘yxati.

2-ilova
Ustav kapitallari (fondlari)dagi hududiy “Agroservis MTP” MChJlarning ulushi tadbirkorlik sub'yektlariga sotiladigan mashina-traktor parklari ro‘yxati.

Mavzuga oid
14:52 / 22.05.2025
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tasdiqlandi
10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
13:54 / 01.05.2025
O‘zbekistonda zamonaviy standartlar asosida kamida 58 ta maktab quriladi
13:31 / 29.04.2025