Jahon | 08:39 / 06.04.2019
17060
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Maduroning «oxirgi xatosi»ni ma'lum qildi

Foto: REUTERS

Qo‘shma Shtatlar ma'muriyatining yuqori lavozimli vakili Venesuela hukumati yo‘l qo‘yishi mumkin bo‘lgan «oxirgi xato»ni ma'lum qildi, deya xabar bermoqda TASS,

Uning so‘zlariga ko‘ra, Amerika tomoni mamlakat hududida sodir bo‘layotgan voqealarni diqqat bilan kuzatmoqda.

«Lima guruhi va Amerika Qo‘shma Shtatlari Xuan Guaydoning hibsga olinishiga olib keladigan har qanday harakat oqibatlari Maduro uchun halokatli bo‘lishini aniq bildirib qo‘ydi», - dedi manba.

U, shuningdek, qurolli kuchlarni mamlakat aholisini Maduro ko‘rsatmasi bo‘yicha jangovar tayyorgarlik holatiga keltirilgan «terroristik guruhlar»dan himoya qilishga chaqirdi.

Bundan oldin, Venesuela AQSh razvedkasining faolligi 800 foizga oshgani haqida xabar bergandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid