Haydovchilik guvohnomalarini almashtirish jarayoni soddalashtirildi
Yagona portal orqali “Eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalarini yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalariga almashtirish uchun ariza yuborish” xizmatining ko‘rsatilish jarayonlari soddalashtirildi, deb xabar bermoqda portal.
Qayd etilishicha, endi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalarini yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalariga almashtirish uchun ariza yuborilganda foydalanuvchilarga xizmatdan foydalanish uchun to‘lov topshiriqnomasi taqdim etiladi.
Xizmatdan qanday foydalanish mumkin?
1. Yagona portal orqali ariza beriladi va bank kassalari orqali to‘lovni amalga oshiriladi;
2. Fuqarolik pasporti, eski haydovchilik guvohnomasi, talon va to‘lovlar to‘langanligi haqidagi kvitansiyaning asl nusxalari bilan tegishli Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyuriladi;
3. Guvohnoma uchun Davlat xizmatlari markazida rasmga tushish (yoki rasmni jismoniy shaxslarning ma'lumotlar bazasidan olish imkoni mavjud, ya'ni guvohnomaga fuqarolik pasportidagi rasm avtomatik tarzda joylashtiriladi);
4. Shaxsiy imzo qo‘yiladi va yangi namunadagi guvohnoma olinadi.
Eslatma: Yagona portal orqali ariza yuborilganidan so‘ng, Davlat xizmatlari markazlariga quyidagi hujjatlar bilan murojaat qilish kerak:
1. Fuqarolik pasporti;
2. Eski haydovchilik guvohnomasi va talon;
3. Milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun to‘lovlar to‘langanligi haqidagi bank muassasasining to‘lov qog‘ozi.
Bundan oldin, haydovchilik guvohnomalarini almashtirishda qator hujjatlarni talab qilish taqiqlangandi.
Mavzuga oid
12:02 / 22.11.2024
Xorijdagi vatandoshlarga minnatdorchilik belgisi – O‘zbekistonda «Vatandosh» kartasi joriy qilindi
21:59 / 31.10.2024
Toshkentda «prava» olish uchun imtihon narxi oshgani rad etildi
09:57 / 18.08.2024
Xorazm va Jizzaxda pul evaziga haydovchilik guvohnomasini olib bermoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
11:40 / 02.07.2024