O‘zbekiston | 09:21 / 06.04.2019
7523
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Qozog‘iston Xavfsizlik kengashlari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi

Foto: akorda.kz

O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi Xavfsizlik kengashlari apparatlari kengaytirilgan rejali maslahatlashuvlar o‘tkazdi.

Maslahatlashuvda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov va Qozog‘iston Respublikasi prezidenti yordamchisi - Qozog‘iston Respublikasi Xavfsizlik kengashi kotibi Kalmuxanbet Qosimov ishtirok etdi.

Tomonlar chegara xizmatlari va bojxona organlari o‘rtasida kontrabanda hamda bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashda o‘zaro hamkorlik samaradorligini oshirish masalalarini muhokama qildilar.

O‘zbekiston va Qozog‘iston delegatsiyasi tomonidan O‘zbekiston - Qozog‘iston davlat chegarasidagi nazorat-o‘tkazish punktlari, avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya  va modernizatsiya qilish hamda hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha yo‘l xaritasini amalga oshirish jarayoni ko‘rib chiqildi.

Muzokaralar kun tartibiga Markaziy Osiyoda yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro ishonchni yanada mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlar kiritildi. Ikki mamlakat vakillari Afg‘onistondagi vaziyat nuqtai nazaridan mintaqa xavfsizligi va barqaror rivojlanishini muhokama qildilar.

Muzokaralar yakunlariga ko‘ra, ikki mamlakatning tegishli davlat organlariga aniq ko‘rsatmalar berildi. 

Mavzuga oid