Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda sirtqi ta'lim bo‘yicha kontrakt summalarini kamaytirish taklif etilmoqda
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida sirtqi ta'lim shaklida tahsil oluvchi talabalarning to‘lov-kontrakt summalarini kamaytirish haqida petitsiya paydo bo‘ldi.
Bildirilishicha, oliy ta'lim muassasalarida sirtqi ta'lim shaklida tahsil oluvchi talabalar doimiy tarzda ta'lim muassasasida o‘qishmaydi, stipendiya olishmaydi.
“Ammo ularning kontrakt to‘lovlari kunduzgi ta'lim shaklida o‘qiydigan talabalar bilan bir xil”, - deb yozadi murojaat muallifi.
“Taklifim, sirtqi ta'lim shaklida o‘quvchi talabalarning kontrakt to‘lovlari summasini kamaytirish lozim”, - deyiladi petitsiyada.
Qayd etilishicha, shunda talabalar uchun ta'lim olish yanada osonlashadi.
Mavzuga oid
20:45 / 06.05.2025
Sirtqi ta’limga qabul to‘xtatiladi
14:12 / 28.04.2025
Qiynoqqa solish holatlari to‘g‘risidagi murojaatlarni tezkor tekshirish mexanizmi joriy etiladi
16:47 / 24.01.2025
Toshkent propiskasi tarixga aylanadi: fuqarolar turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishda onlayn murojaat qilish imkoni yaratilmoqda
10:03 / 02.09.2024