O‘zbekiston | 12:39 / 06.04.2019
10724
2 daqiqa o‘qiladi

Soliq qo‘mitasi ta'magirlik holatlari haqida xabar berishni so‘radi

Foto: Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati

Davlat soliq qo‘mitasi soliq to‘lovchilarga murojaat bilan chiqdi. Bu haqda qo‘mitaning telegram-kanalida xabar berildi.

Qayd etilishicha, agar soliq  xizmati xodimlari tomonidan belgilangan soliqlardan tashqari “qo‘shimcha yig‘imlar” va “kelishuv” evaziga ta'magirlik holatlariga duch kelinsa, zudlik bilan Davlat soliq qo‘mitasining quyidagi telefonlariga qo‘ng‘iroq qilish so‘raladi:

- (+99871) 244-98-98;
- (+99871) 244-98-00;
- (+99871) 244-98-71;
- 1198.
 
“Har bir murojaatingiz Davlat soliq qo‘mitasining O‘z xavfsizligi boshqarmasi tomonidan ko‘rib chiqiladi hamda murojaat muallifi to‘g‘risidagi ma'lumotlar sir saqlanishi kafolatlanadi”, - deyiladi DSQ matbuot xizmati xabarida.

Bundan oldin, prezident videoselektoridan keyin Soliq qo‘mitasida navbatdan tashqari yig‘ilish bo‘lib o‘tgani xabar berilgandi.

Unda davlat rahbari tomonidan faoliyati tanqid qilingan Mirobod, Mirzo Ulug‘bek, Uchtepa, Sergeli, Yunusobod, Bektemir va Shayxontohur tumanlari inspeksiyalari boshliqlarining o‘z lavozimidan ozod etilgani to‘g‘risidagi Davlat soliq qo‘mitasining buyrug‘i e'lon qilingan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid