Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikaning sobiq prezidenti uyiga qurollangan hujum sodir etildi

Foto: RIA Novosti / Sergey Guneyev
6 aprelda Meksikaning sobiq prezidenti Visente Foksning uyiga bir guruh qurollangan kishilar hujum qilishga urindi.
“Shu tong qurollangan guruh mening uyimga, mening shaxsiy hayotimga kirishga harakat qildi, bu qonunchilik tamoyillariga to‘g‘ri kelmaydigan jiddiy vaziyatdir. Bu jiddiy vaziyat davlat tomonidan zudlik bilan munosabat bildirilishini talab qiladi va men o‘zimning hamda oilamning shaxsiy xavfsizligi uchun javobgarlikni prezident Andres Manuel Lopes Obradorga zimmasiga yuklayman”, deb aytgan Foks Facebook’dagi sahifasida.
Meksikaga 2000-2006 yillar prezidentlik qilgan Foks hujum tafsilotlarini keltirmagan, biroq vaziyatga amaldagi prezident munosabat bildirdi. “Men mudofaa vaziri, general Luis Kresensio Sandoval Gonsalesga sobiq prezident Foks va uning oilasini himoya qila oladigan xavfsizlik gvardiyasini tuzishni buyurdim”, deb ma'lum qilgan Lopes Obrador tvitterda. Uning ta'kidlashicha, xuddi shunday choralar yana bir sobiq prezident – Felipe Kalderonga nisbatan ko‘riladi.
Lopes Obrador 2018 yil dekabrda hokimiyatga kelgach, o‘z xavfsizligini ta'minlashga xarajatlarni kesin qisqartirgan, davlat rahbarlari xavfsizligi masalalari bilan shug‘ullangan bosh shtabni tugatgan hamda oddiy tijorat reyslarida parvoz qilishga o‘tib, prezident aviaparkidan foydalanishdan voz kechgan.
Mavzuga oid

23:19 / 21.05.2025
Toshkentda Meksika va Yevropa orqali AQShga yuborishni va’da qilganlar ushlandi

15:18 / 18.05.2025
Nyu Yorkda Meksika harbiy kemasi Bruklin ko‘prigiga urildi. Qurbonlar bor

20:02 / 13.05.2025
Meksikada merlikka nomzod saylovoldi mitingida otib ketildi

00:27 / 10.05.2025