Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Slovakiyada deputatlar prezidentdan o‘zlari qabul qilgan qonunni imzolamasligini so‘rashdi
Slovakiya parlamenti deputatlari mamlakat prezidenti Andrey Kiskadan o‘zlari qabul qilgan davlat ramzlari to‘g‘risidagi qonunga tuzatishlar kiritishni imzolamasligini so‘rashdi. Hujjatda o‘zga davlatlar madhiyasini ijro etishga cheklovlar kiritilganligi ma'lum bo‘ldi.
Slovakiya milliy partiyasi tomonidan taklif qilingan qonunda jumladan sport tadbirlarida davlat ramzlaridan foydalanishni tartibga solish ko‘zda tutilgandi. Qonun moddalaridan birida ommaviy tadbirlarda boshqa davlatlarning madhiyasi faqatgina o‘sha davlatlarning rasmiy delegatsiyalari ishtirokida ijro etish belgilangan. Ushbu moddani buzganlik uchun yetti ming yevro jarima ko‘zda tutilgan.
Deputat Jolt Simon qonun Vengriya madhiyasini Slovakiyada ijro etish taqiqlanishi ikki davlat o‘rtasidagi keskinlikka sabab bo‘lishini qayd etdi.
Yana bir deputat Bela Bugar esa 108 nafar deputat xatoga yo‘l qo‘yganini bildirdi. Deputat Peter Antalning fikricha, deputatlar «faqat» so‘ziga e'tibor berishmagan va bu so‘z boshqa davlatlar madhiyasini ijro etish cheklanishiga sabab bo‘lgan.
Bugarning so‘zlariga ko‘ra, prezident ularning iltimosiga javoban qonunni imzolmasligini bildirgan. Andrey Kiska deputatlarni o‘zlari ovoz berayotgan qonunlarni o‘qib chiqishga chaqirgan.
Mavzuga oid
13:25 / 13.05.2025
O‘zbekiston-Slovakiya hukumatlararo komissiyasi birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
18:13 / 04.04.2025
Slovakiyada 350 tagacha ayiqni otishga ruxsat berildi
09:21 / 29.03.2025
Slovakiya o‘zbekistonlik ishchilar uchun alohida viza kvotasini belgilaydi
11:32 / 22.03.2025