Sport | 19:32 / 09.04.2019
8497
2 daqiqa o‘qiladi

Braziliyada urishqoq futbolchilarga qarshi ko‘zni yoshlatuvchi gaz qo‘llandi (video)  

Braziliyaning Goyas shtati chempionatining “Atletiko Goiyaniyense” va “Vila-Nova” klublari o‘rtasidagi yarim final uchrashuvi ikki jamoa futbolchilari, murabbiylari va xodimlari o‘rtasidagi ommaviy mushtlashuv bilan yakunlandi. Bu haqda Globo nashri xabar berdi.  

Final hushtagi chalingandan keyin raqiblar kim kuchliroqligini mushtlar yordamida aniqlashga kirishib ketishgan.

Mushtlashuvni politsiyaning maxsus bo‘linmasi vakillari aralashuvidan keyin bostirishga muvaffaq bo‘lingan. Ular yoqa bo‘g‘ishayotgan futbolchilarni tarqatish uchun ko‘zni yoshlatuvchi gaz qo‘llashlariga to‘g‘ri kelgan.

Mushtlashuv oqibatida “Atletiko Goyaniyense” fotosuratchisi tizza chiqishi jarohati bilan shifoxonaga yetkazilgan. U “hayratlanarli” suratlarni olishga berilib ketib, ur-to‘polon markazida qolib ketgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid