Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Formula-1” taqvimida Niderlandiya gran-prisi paydo bo‘ladi
“Formula-1” poygalariga Niderlandiya gran-prisi qaytadigan bo‘ldi. Yangi gran-prining ilk poygasi Zandvortdagi avtodromda 2020 yil mayida bo‘lib o‘tadi. Ma'lum qilinishicha, avtodrom egalarining “Formula-1” rahbariyati bilan kelishuvi 5 yilga mo‘ljallangan.
Avvalroq “Formula-1” egalari Zandvortdagi trassa rahbariyatiga Niderlandiya gran-prilarini o‘tkazishni taklif qilishgan. Niderlandiyadagi bosqichning o‘tkazilishiga hozirda MotoGP poygalari o‘tuvchi Assendagi avtodrom ham da'vogarlik qilgan. Taklifga javoban Zandvort mahalliy kengashi poygalarga 4 mln yevro investitsiya kiritishga tayyorligini ma'lum qilgan. Ushbu trassada poygalar 1952 yildan 1985 yilgacha o‘tgan.
Shuningdek, keyingi yildan “Formula-1” taqvimida yana bir yangi bosqich – Vetnam gran-prisi paydo bo‘ladi. Shu munosabat bilan Xanoyda poyga trassasini qurish boshlab yuborilgan.
Vetnamdagi bosqichni o‘tkazish bo‘yicha mamlakat rahbariyati bilan 10 yillik shartnoma tuzilgan. Ushbu poygaga har yili 60 mln dollar sarflanadi.
Vetnam gran-prisi mohiyatan Janubi-Sharqiy Osiyoda Malayziya Gran-prisi o‘rnini egallashi kerak. Malayziyadagi bosqich 2017 yildan keyin poygalar taqvimidan chiqarilgan.
Mavzuga oid
17:22 / 25.05.2025
Shumaxerning Ferrariʼsi auksion orqali 18 mln dollardan qimmatroqqa sotildi
17:07 / 25.11.2024
Ferstappen qatorasiga to‘rtinchi marta «Formula-1» poygalari chempioni bo‘ldi
23:50 / 07.10.2023
Ferstappen qatorasiga uchinchi marta Formula-1 bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
11:13 / 21.11.2022