Sport | 18:20 / 09.04.2019
7444
1 daqiqa o‘qiladi

Nemis sudi Usmon Dembeleni jarimaga tortdi

Foto: AFP

Nemis sudi «Barselona» hujumchisi Usmon Dembeleni 10 ming yevro qiymatida jarimaga tortdi, deb xabar beradi Bild.

Gap shundaki, futbolchi «Borussiya» D klubini tark etib, «Barselona»ga o‘tganidan so‘ng, Germaniyadagi uyining egasi uni sudga bergan edi. 

Dembele ijarada yashaganida uyni juda iflos holatda saqlagani ma'lum bo‘ldi. Xabarlarga ko‘ra, muzlatgichda va shkaflarning orasida sasib qolgan ovqat qoldiqlari topilgan, xonalar esa chiqindidan to‘lib ketgani aniqlangan.

Uy egasi Dembeledan 21 ming yevro undirib berishni so‘ragan edi. Ammo futbolchining advokatlari jarima miqdorini pasaytirishga muvaffaq bo‘lishdi.

Eslatib o‘tamiz, 21 yoshli fransiyalik «Barselona»da yiliga 12 million yevro maosh olmoqda.

Mavzuga oid