Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OChL. «Paxtakor» «As-Sadd»ni mag‘lub etolmadi, Xavi ikkita gol urdi
Osiyo Chempionlar Ligasida guruh bosqichining 3-turidan o‘rin olgan 1 o‘yin yakunlandi.
«Paxtakor» o‘z maydonida «As-Sadd» bilan bellashdi. O‘yinda 2:2 hisobi qayd etildi.
6-daqiqadayoq «As-Sadd» hisobni ochdi. Xavining jarima maydoni chizig‘i ustidan yo‘llagan zarbasidan so‘ng, to‘p darvozadan o‘rin oldi. Biroq, «Paxtakor» tezkor ravishda hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. 9-daqiqada Alijonovning uzoq masofadan yo‘llagan kuchli zarbasi chiroyli golga aylandi.
16-daqiqada mezbonlar yana bir golni o‘tkazib yuborishdi. Xavi jarima zarbasini qoyilmaqom tarzda amalga oshirdi. «Paxtakor» bunga 41-daqiqada javob qaytardi. Cheran boshi bilan aniq zarba yo‘llab, hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo‘limda har ikkala jamoada qulay vaziyatlar bo‘lsa-da, darvozalarga to‘p kiritilmadi.
Bu natijadan so‘ng, «Paxtakor» 5 ochko bilan 1-o‘rinda, «As-Sadd» esa 4 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda.
Guruhning yana bir o‘yinida «Persepolis» o‘z maydonida «Al-Ahliy» bilan bellashadi.
OChL, D guruhi, 3-tur
Toshkent, «Paxtakor» stadioni, 19:00
Paxtakor (O‘zbekiston) – As-Sadd (Qatar) 2:2 (2:2, 0:0)
Gollar: Alijonov (9), Cheran (41) – Xavi (6, 16)
Paxtakor: Quvvatov, Sayfiyev, Kozak, A'zamov, Alijonov, Abdullayev (Sobirxo‘jayev 69), Hamrobekov, Masharipov, Cheran, Hamdamov (Sidiqov 88), Sergeyev (Bikmayev 65).
As-Sadd: Meshaal Barsham, Pedro Korrea, Hamid Ismoil, Toriq Salmon, Yosir Iso (Hasan Al-Haydos 61), Jun Vuu Yon (Salim Al-Hajriy 76), Xavi (Ali Asadullo 82), Gabi, Bualim Xuxiy, Akrom Afif, Bag‘dod Bunijah
Ogohlantirishlar: Korrea (32), Afif (47)
Hakamlar: Fu Ming (Xitoy), Muhammad Muaziy (Malayziya), Vang Deksin (Xitoy), Chen Sin Chuan (Xitoy Taypeyi).
Nazoratchi: Maykl Xannania (Falastin).
Komissar: Kemel Tokabayev (Qirg‘iziston).
Mavzuga oid
14:08 / 14.04.2025
«Paxtakor» yana yutqazdi, peshqadam yana o‘zgardi
13:44 / 30.03.2025
«Paxtakor» Toshkentda «Dinamo»ga yutqazdi, OKMK yaqqol peshqadam
03:09 / 12.03.2025
«Paxtakor» «Al Hilol»ga yirik hisobda yutqazib, Elit OChLni tark etdi
23:19 / 04.03.2025