O‘zbekiston | 20:00 / 10.04.2019
54621
1 daqiqa o‘qiladi

11 apreldan Toshkent ko‘chalarida yo‘l harakati qoidalariga rioya qilinishini patrul vertolyoti kuzatishni boshlaydi

11 apreldan Toshkent ko‘chalarida Yo‘l harakati qoidalariga rioya qilinishini patrul vertolyoti kuzatib boradi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB xabar bermoqda.

«11 aprel kunidan boshlab Toshkent shahar IIBB YHXB Toshkent yo‘llarida yo‘l harakati qoidalariga rioya etilishi holatini patrul vertolyotidan foydalangan holda kuzatishni boshlaydi. Yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishingizni so‘raymiz», — deyiladi xabarda.

Bundan avvalroq O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidalariga o‘zgartirishlar kiritilgani xabar qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 10 yanvar kuni Yunusobod tumanidagi 7-ichki ishlar bo‘limiga tashrifi chog‘ida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasiga zamonaviy vertolyotlar ajratish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi.