Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko stadionga giyohvandlikni tekshirishga tahlil topshirgani keldi
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Kiyevdagi “Olimpiyskiy” stadioniga Ko‘ngilli aksildoping uyushmasi (VADA) vakillariga giyohvandlik va ichkilikbozlikni tekshirishga tahlil topshirgani keldi.
10 aprelda ukrainalik bokschi Vladimir Klichko Ukraina prezidenti lavozimiga nomzodlar Pyotr Poroshenko va Vladimir Zelenskiyni stadionda tahlil topshirishga chaqirgandi. VADA vakili doktor Anjyela Silva mutaxassislar tahlil o‘tkazish uchun nomzodlardan namunalar olishga tayyorliklarini ma'lum qilgan.
Ushbu hodisaning televideniye orqali namoyishidan Poroshenko stadionning tegishli xonasiga yo‘l olgani ma'lum bo‘lgan. Poroshenko tahlillarni topshirgach matbuot anjuman o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Avvalroq Zelenskiy Poroshenkoning saylovlarning 2-bosqichi oldidan debatlar o‘tkazishga chaqirig‘ini debatlar nomzodlar tahlil topshirganlaridan keyin Kiyevdagi stadionda o‘tishi sharti bilan qabul qilgan. U o‘zining shartini prezidentlikka nomzod sog‘lom bo‘lishi lozimligi bilan tushuntirgan.
Shundan keyin ikki nomzod turli laboratoriyalarda tahlillar topshirishgan va natijalar “manfiy” chiqqan. Klichko ikkala nomzodga Jahon aksildoping agentligida ichkilikbozlik va giyohvandlikka testdan o‘tishni taklif qilgan. Poroshenko bunga rozi bo‘lgan, biroq Zelenskiy shtabida bundan bosh tortilgan.
Mavzuga oid
09:18 / 19.05.2025
Ko‘chmas mulk bozoridagi faollik aprel oyida barqaror tiklandi
20:46 / 15.04.2025
Poroshenko Zelenskiy ofisini uzurpatsiyada aybladi
10:07 / 09.05.2024
Poroshenko Germaniyani Ukrainadan kelgan erkaklarni moliyalashtirmaslikka chaqirdi
09:11 / 21.03.2024