Jahon | 08:48 / 10.04.2019
6338
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp va Saudiya shahzodasi inson huquqlari masalasini muhokama qildi

Foto: AP

AQSh prezidenti Donald Tramp va Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon telefon orqali muloqot o‘tkazdi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar berdi.

Matbuot xizmati bayonotida aytilishicha, tomonlar Saudiya Arabistonining Yaqin Sharqda barqarorlikni saqlab qolish, Eronga «maksimal bosim»ni ushlab turish borasidagi «o‘ta muhim» rolini muhokama qildilar. Shuningdek, inson huquqlariga rioya etish juda dolzarb masala ekani borasida so‘z yuritilgan.

Bayonot tuzuvchilarining xulosasiga ko‘ra, tomonlar muzokaralari «samarali» bo‘lgan.

Bundan oldin, Saudiya Arabistoni AQShga dollardan voz kechish bilan tahdid qilgandi.

Mavzuga oid