Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya TIV: agarda o‘lim jazosi xavf soladigan bo‘lsa, Assanj AQShga topshirilmaydi
Agarda o‘lim jazosi xavf soladigan bo‘lsa, Buyuk Britaniya WikiLeaks asoschisi Julian Assanjni AQShga topshirmaydi. Bu haqda Sky News telekanali efirida Britaniya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Alan Dankan ma'lum qildi.
"Har qanday vaziyatda bizning umumiy siyosatimiz ana shunday va Julian Assanjga nisbatan ham bir xilda bo‘ladi. Shuning uchun agar unga o‘lim jazosi xavf soladigan bo‘lsa, ekstraditsiya qilinmaydi", - dedi Dankan.
Assanj payshanba kuni Ekvadorning Britaniya poytaxtidagi elchixonasida London politsiyasi tomonidan hibsga olindi. Avvalroq Ekvador Assanjga boshpana berishni rad etgandi.
Mavzuga oid
18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi
21:16 / 26.05.2025
Xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ikki ayol O‘mondan ekstraditsiya qilindi
09:22 / 23.05.2025
Britaniyalik 500 dan ortiq o‘qituvchi O‘zbekistondagi maktablarga jalb qilinadi
10:39 / 20.05.2025