O‘zbekiston | 18:24 / 11.04.2019
11385
3 daqiqa o‘qiladi

HRW: O‘zbekiston ko‘plab narsalarni va'da qiluvchi islohotlarni amalga oshirishi ham kerak

Stiven Sverdlou/Foto: rferl.org

O‘zbekiston ko‘p narsalarni va'da qiluvchi islohotlardan ularni amalga oshirishga o‘tishi kerak, deb hisoblaydi Human Righs Watch (HRW) xalqaro nohukumat tashkiloti vakili Stiven Sverdlou. 

«Ko‘p narsalarni va'da qiluvchi islohotlar, yaxshi siyosiy iroda yetarlicha. Endi gap ularni amalga oshirishda», – dedi u BMT Xavfsizlik kengashining inson huquqlari borasidagi tavsiyalari bo‘yicha O‘zbekistonning harakatlar rejasi loyihasi doirasidagi maslahatlashuvlarda.

Huquqni himoya qilish tashkiloti vakili hukumatning paxta yig‘im-terimida majburiy mehnatga barham berish yo‘lidagi sa'y-harakatlarini va mamlakatdagi media makonidagi jonlanishni qayd etdi.  

«So‘nggi uch yilda siyosiy mahbuslar va jurnalistlar ozodlikka chiqarildi, media makonida jonlanish yuz berdi va bu sezilarli darajada ko‘zga tashlanmoqda. Hukumatning paxta yig‘im-terimida majburiy mehnatga barham berish borasidagi sa'y-harakatlarida o‘sish borligini qayd etamiz», – dedi Sverdlou. 

Shu bilan birga, ko‘plab narsalarni va'da qiluvchi qator islohotlar amalga oshmay qolmoqda.

«Kuch ishlatish tuzilmalari ko‘p narsalarda keng vakolatlarni saqlab qolgan, erkin saylovlar va siyosiy plyuralizm borasidagi holat haminqadar. Ko‘plab narsalar ustida ishlash kerak. Odamlarning aksariyat qismi bizning fikrimizcha, siyosiy tusdagi ishlar bilan qamoq jazosini o‘tashda davom etmoqda», – qo‘shib qo‘ydi u. 

Sverdlou HRW ma'lumotiga ko‘ra, 2016 yil sentyabrda siyosiy tusdagi ishlar bilan qamalgan 50ga yaqin kishi ozod etilgani, «ammo hukumat ularni yuridik reabilitatsiya, jumladan qonunga zid hukmlarni bekor qilish, yetarlicha tibbiy xizmat bilan ta'minlamagan»ligini qayd etdi. 

Uning aytishicha, huquq himoyachilari Jinoyat kodeksining «o‘zgacha fikrlaydiganlarni ta'qib qilish uchun foydalaniladigan» ekstremizmga tegishli moddalariga tuzatishlar kiritishga chaqirishgan. 

«Men 159-, 216-, 244- (1 va 2-qismlari) moddalarni nazarda tutyapman. Ularni O‘zbekistonning inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlariga muvofiqlashtirish kerak. Biz hukumatni bu yo‘nalishda yanada faolroq ish olib borishga chaqiramiz», – ta'kidladi Sverdlou.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid