Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nigeriyadagi shahar aholisi to‘satdan ogohlantirishsiz to‘liq evakuatsiya qilindi
Nigeriyada harbiylar butun shaharni ogohlantirishsiz to‘liq evakuatsiya qilishdi. Bu haqda BMTning gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi bayonotida ma'lum qilingan.
Ma'lum qilinishicha, 8 aprel kechasi harbiylar Borno shtatidagi Jakana shahri aholisiga o‘z uylarini zudlik bilan tark etishni buyurishgan. Aholi avtobuslar va yuk mashinalarda Mayduguri shahridagi lagerga ko‘chirilgan.
Umumiy hisobda 10 mingga yaqin odam evakuatsiya qilingan. Harbiylar buni ushbu hududda kuch operatsiyalari o‘tkazilishi oldidan xavfsizlikni ta'minlash bilan tushuntirishgan.
BMTning gumanitar masalalar bo‘yicha Nigeriyadagi koordinatori Edvard Kallonning ta'kidlashicha, odamlarga narsalarni yig‘ishtirish uchun juda oz vaqt berilgan, ba'zilar hattoki poyabzallarini kiyishga va o‘zlari bilan biror narsa olishga ham ulgurmay qolishgan. Kallon Nigeriya hukumatini ko‘chirilgan odamlarni boshpana, zarur buyumlar va yegulik bilan ta'minlashga, ularga tibbiy yordam taqdim qilishga va ular o‘z uylariga qachon qayta olishlarini ma'lum qilishga chaqirgan.
Nigeriya shimoli-sharqida avval “Boko harom” deb atalgan “Islom davlatining G‘arbiy Afrika viloyati” terrorchilik guruhi faol harakat qiladi. Ushbu guruh tartibsizliklar uyushtirishi, cherkovlarga va politsiya bo‘limlariga hujum qilishi hamda o‘quvchi qizlarni ommaviy o‘g‘irlashi bilan ma'lum.
Mavzuga oid
10:29 / 29.03.2025
Nigeriyalik usta kartondan Lamborghini yasadi
18:10 / 20.02.2025
Niderlandiya XV-XIX asrlarga tegishli artefaktlarni Nigeriyaga qaytaradi
13:23 / 27.01.2025
Nigeriya biznesi O‘zbekiston bilan hamkorlikka qiziqish bildirmoqda
01:47 / 19.01.2025