Sport | 14:22 / 11.04.2019
5946
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning barcha hududlarida xotin-qizlar o‘rtasida velosport marafoni o‘tkazilmoqda

8-13 aprel kunlari O‘zbekiston bo‘ylab o‘tkazilgan “Xotin-qizlar sport haftaligi” davomida ommaviy sport va piyoda yurish bo‘yicha marafon o‘tkazilmoqda. “Sport salomatlik garovi” shiori ostida o‘tkazilgan mazkur marafonda barcha yoshdagi xotin-qizlar, ayniqsa faol bo‘lmagan qizlar, uy bekalari va katta yoshdagi ayollar ishtirok etmoqda, deya xabar beradi Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmati.

Foto: Xotin qizlar qo‘mitasi

Xalqaro Salomatlik kuni munosabati bilan “Xotin-qizlar sport haftaligi” doirasida O‘zbekiston Velosiped sporti federatsiyasi va Toshkent viloyati Xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligida xotin-qizlar o‘rtasida “Velosport marafoni” o‘tkazildi. Unda viloyatning barcha shahar-tumanlaridan 18 dan 50 yoshgacha bo‘lgan xotin-qizlar ishtirok etdi.

Foto: Xotin qizlar qo‘mitasi

Marafon g‘oliblari Toshkent viloyati Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. 

Barchani “Xotin-qizlar sport haftaligi” davomida respublikaning barcha hududlarida o‘tkaziladigan sport tadbirlari va ommaviy marafonlarida faol ishtirok etishga taklif qilamiz.

Mavzuga oid