Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
WikiLeaks: Assanj AQShga ekstraditsiya qilish maqsadida qo‘lga olindi
WikiLeaks'ning bildirishicha, sayt asoschisi Julian Assanj Qo‘shma Shtatlarga keyinchalik ekstraditsiya qilish maqsadida qo‘lga olindi. Bu haqda WikiLeaks Twitter’dagi sahifasida bayonot bergan.
«Assanj maxfiy hujjatlarni e'lon qilgani uchun AQShga ekstraditsiya qilish maqsadida qo‘lga olindi», - deyiladi xabarda.
O‘z navbatida, Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi rahbari Jyeremi Xant WikiLeaks sobiq bosh muharririga boshpana taqdim etmaslik bo‘yicha qaror uchun Ekvador prezidenti Lenin Morenoga minnatdorchilik bildirgan.
Bundan oldin, WikiLeaks sayti asoschisi Julian Assanj Londonda politsiya tomonidan qo‘lga olingani xabar qilingandi.
Ekvador prezidenti Lenin Moreno mamlakatning Londondagi elchixonasida bo‘lib turgan Assanjga boshpana taqdim etish so‘rovnomasi bo‘yicha rad javobi berish haqida qaror qabul qildi.
"Ekvador xalqaro konvensiyalar bir necha marotaba buzilgani uchun Julian Assanjga diplomatik boshpana taqdim etishda rad javobi berish to‘g‘risida qaror qabul qildi", - deya yozgan prezident Twitter’dagi sahifasida.
Mavzuga oid
21:29 / 01.10.2024
Julian Assanj: «Men jurnalistikada o‘zimni aybdor deb tan olishga majbur bo‘ldim»
00:06 / 26.09.2024
Julian Assanj ozod etilganidan beri ilk bor omma oldida chiqish qiladi
09:14 / 26.06.2024
Wikeleaks asoschisi Assanj AQSh sudi tomonidan ozod qilindi
08:52 / 25.06.2024