Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ahadbek Haydarov Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori etib tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori tayinlandi. Bu haqda Kun.uz axborot manbasi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Ahadbek Yahyobekovich Haydarov O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori lavozimini egallagan. Shu munosabat bilan u O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019 yil 11 aprel kuni bu haqdagi tegishli hujjatni imzolagan.
Ma'lumot uchun: Ahadbek Haydarov bungacha moliya vazirining o‘rinbosari sifatida ham ishlab, ijtimoiy soha, ilm-fan, boshqaruv organlarini moliyalashtirish masalalarini va Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi faoliyatini nazorat qilgan. Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar u «Mikrokreditbank» ATB boshqaruv raisi bo‘lib ishlagan.
Mavzuga oid
17:48 / 26.04.2024
12 ta yirik korxonadagi davlat ulushining bir qismi ommaviy savdoga chiqariladi
14:38 / 15.03.2024
Perfectum xususiylashtirilgani ma’lum bo‘ldi
11:24 / 24.02.2024
Davlat ishtirokidagi korxonalar “sot yoki tushuntir” tamoyili asosida kamaytiriladi
21:04 / 10.01.2024