Light | 21:12 / 13.04.2019
86836
2 daqiqa o‘qiladi

Saratonni erta bosqichda aniqlash mumkin bo‘lgan belgilar ma'lum qilindi

Foto: Depositphotos

Shifokorlar insonda onkologik kasallik borligini erta bosqichda aniqlash mumkin bo‘lgan belgilarni ma'lum qilishdi, deb yozadi ActiveFeel.

Ular vaznning keskin pasayib ketishi yoki doimiy ravishda charchoqni his qilishni ehtimoliy saraton simptomlari deya baholashgan. Bu belgilar yo‘g‘on ichak saratoni yoki leykemiyadan darak beradi. Dori qabul qilinsa ham o‘tib ketmaydigan muntazam og‘riqlar bosh miya, tuxumdon, to‘g‘ri yoki yo‘g‘on ichakdagi shishlar sababchisi bo‘lishi mumkin.

Tanadagi shishlar va haroratning doimo baland bo‘lishi qon saratoni belgilari bo‘lishi mumkin.

Yangi sepkillar, xollar va baqbaqa paydo bo‘lishi, eskilarining o‘lchami va rangi o‘zgarishi, qizarishi va qonashi teri saratonidan darak beradi. Og‘riqli va qonli muntazam yo‘talishlar, hojatxonaga tez-tez qatnash, ich ketishi, ich qotishi, siyishdagi og‘riq va qon hamda oyoqlar shishishi saratonning ayrim turlarining belgisi bo‘lishi mumkin. Qiyinchilik bilan ovqat iste'mol qilish oshqozon, qizilo‘ngach yoki tomoq saratoni simptomlari bo‘lishi mumkin.

Mutaxassislar har qanday holatda ham o‘zboshimchalik bilan davolanmaslikni, bir-ikki yilda bir marta onkologik tekshiruvdan o‘tishni tavsiya qilishgan.

Mavzuga oid