Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Assanj Ekvador elchixonasidan nega haydab chiqarilgani taxmin qilindi
WikiLeaks asoschisi Julian Assanj yotoqda lobster iste'mol qilgan prezident Lenin Morenoning fotosurati bilan bo‘lishgani sababli, Ekvador elchixonasidan chiqarib yuborilgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda The Sun manbalarga tayangan holda xabar qilmoqda.
Manbalar ma'lumotiga ko‘ra, Assanj Morenoning o‘ta hashamatli mehmonxona yotog‘idagi fotosuratini internetda e'lon qilgan. Qayd etilishicha, prezidentning yonida tansiq ovqatlar bilan to‘la stol bo‘lgan.
Bundan tashqari, WikiLeaks asoschisi 200dan ortiq shaxsiy elektron maktublar hamda Moreno va uning rafiqasi yozishmalarini joylashtirgan, deb yozadi gazeta.
Bundan oldin, Avstraliya Assanjga «maxsus» yordam taqdim etishdan bosh tortgandi.
Mavzuga oid
13:35 / 14.04.2025
Ekvadorning amaldagi prezidenti saylovlarda g‘alaba qozondi
21:10 / 29.03.2025
AQSh qo‘shinlari jinoiy to‘dalar tufayli Ekvadorga kiritilishi mumkin
21:29 / 01.10.2024
Julian Assanj: «Men jurnalistikada o‘zimni aybdor deb tan olishga majbur bo‘ldim»
00:06 / 26.09.2024