“Qo‘qon-1912” – “Buxoro” 1:3. Mezbon muxlislar xafa bo‘lgan uchrashuvdan fotolavhalar
Superliga 4-turining so‘nggi uchrashuvi Farg‘onaning “Istiqlol” o‘yingohida “Qo‘qon-1912” hamda “Buxoro” jamoalari o‘rtasida kechib, unda mehmonlar 1:3 hisobida ustun kelishdi.
Uchrashuvni stadionda 4200 nafar muxlis tomosha qildi. Qo‘qondan Farg‘ona shahri tomon 70 kilometr yo‘l bosib kelgan ishqibozlar yana o‘z suyuklilarining yirik hisobdagi mag‘lubiyatiga guvoh bo‘lishdi.
O‘yindan so‘ng bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida qo‘qonliklar jamoasi katta murabbiyi Aziz To‘xtaboyev yomon natija uchun muxlislardan qayta-qayta uzr so‘radi. U hali g‘alabalar oldinda ekanligini aytib, kelgusi o‘yinlarda ham ishqibozlar ko‘magi zarur ekanligini ta'kidladi.
E'tiboringizga ushbu bahsdan olingan fotosuratlarni taqdim etamiz.
Elmurod Ermatov va Firdavs Ermatov olgan suratlar
Mavzuga oid
13:54 / 10.09.2024
2025 yil sentabr oyida Buxoro biyennalesi tashkil etiladi
20:34 / 31.08.2024
“Avvalo o‘zbek tilida yozilsin” - Buxoroda reklama bannerlari va lavhalar nega olib tashlanyapti?
07:32 / 20.07.2024
Salkam 4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaliklari aniqlandi
10:11 / 19.07.2024