Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toqayev: «Hukumatlarimiz 2020 yilda o‘zaro savdo hajmini 5 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilgan»
Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Qasim-Jomart Toqayev O‘zbekiston Milliy axborot agentligi – O‘zA’ga O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida erishilgan natijalar, hamkorlikni rivojlantirishning joriy holati va istiqbollari xususida intervyu berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mustaqillikning ilk kunlaridan buyon Qozog‘iston va O‘zbekiston murakkab davrlarda bir-birini qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.
«Davlatlarimiz o‘rtasida strategik sheriklikni mustahkamlashda Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti Nursulton Abishevich Nazarboyev va O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev asosiy rol o‘ynadilar.
Millat rahnamosi yaqin qo‘shnilar bilan aloqalarni rivojlantirishga doimiy ravishda alohida e'tibor qaratib kelmoqda. Shuning uchun mamlakatingiz Qozog‘iston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlari sirasiga kiradi. Biz xalqlarimizni yanada yaqinlashtirish yo‘lidagi sa'y-harakatlarimizni davom ettiramiz.
Hozirgi vaqtda savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va chegaraoldi hamkorligini mustahkamlash asosiy vazifalardan hisoblanadi. Mamlakatlarimiz ushbu sohalarda yuksak salohiyatga ega. Hukumatlarimiz 2020 yilda o‘zaro savdo hajmini 5 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilgan.
Investitsiya, sanoat kooperatsiyasi, qo‘shma ishlab chiqarishlarni rivojlantirish sohalaridagi samarali va kengayib borayotgan hamkorlikka oid misollar mamlakatlarimiz manfaati yo‘lidagi iqtisodiy hamkorlikni yanada mustahkamlashga bo‘lgan intilishlarimizga to‘liq mos keladi», - deydi Qozog‘iston yetakchisi.
Bildirilishicha, sheriklikning istiqbollari tranzit-transport sohasida ham namoyon bo‘lmoqda. Dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan Qozog‘iston va O‘zbekiston uchun tranzit infratuzilmasini takomillashtirish va boshqa mamlakatlar bilan transport kooperatsiyasini rivojlantirish birinchi galdagi vazifalardan.
«Nur-Sulton va Toshkent o‘rtasida xavfsizlik borasidagi aloqalar mustahkamlanib borayotgani ham o‘zaro ishonchdan dalolatdir. Biz barchamiz uchun umumiy bo‘lgan terrorizm, diniy ekstremizm, noqonuniy qurol savdosi, uyushgan jinoyatchilik, noqonuniy migratsiya va narkotrafik singari mintaqaviy muammolarga duch kelmoqdamiz. Mintaqamiz xavfsizligiga tahdid solayotgan Afg‘onistondagi vaziyat ham jiddiy xavotirga sabab bo‘lmoqda.
Bularning barchasi bizdan tizimli, bahamjihat va ularning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishni talab etadi. Shuning uchun Qozog‘iston va O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari va maxsus xizmatlari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ymoqda.
Suv muammosi bilan bog‘liq hamkorlik masalalari ham alohida ahamiyatga ega. Suv munosabatlarining barcha yo‘nalishlarida mintaqadagi boshqa sheriklar bilan yaqin hamkorlikda muntazam ravishda ishchi guruh yig‘ilishlari o‘tkazilayotgani quvonarlidir», - deya aytib o‘tdi Qasim-Jomart Toqayev.
Mavzuga oid
12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi
18:14 / 28.02.2025
Nukusdan Qozog‘istonga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
21:03 / 27.02.2025
Qozog‘iston benzin va dizel yonilg‘isi eksportiga qo‘yilgan taqiqni uzaytiradi
17:32 / 25.02.2025