Sport | 14:21 / 15.04.2019
7576
2 daqiqa o‘qiladi

Zafar Polvonov «atigi» bitta gol urgan va «Loko» g‘olib bo‘lgan o‘yindan fotogalereya

Superliga 4-turining qiziqarli o‘yinlaridan biri Toshkent Temiryo‘l muhandislari instituti stadionida o‘tkazildi. Amaldagi chempion «Lokomotiv» o‘tgan turda 7 ta gol urgan OKMKni qabul qilib, iroda ko‘rsatdi va g‘olib bo‘ldi.

Avvaliga olmaliklar 3-daqiqaning o‘zidayoq gol urib, hisobda oldinga chiqib olishgandi. O‘tgan turda «Qo‘qon-1912» darvozasiga 5 ta gol urgan Polvonov bu gal «atigi» bitta gol urdi va bu gol g‘alaba uchun yetarli bo‘lmadi. «Loko» birinchi bo‘lim oxirida ikkita gol urib, g‘alabani ilib ketdi.

Bu o‘yinda O‘zbekiston milliy jamoasining sobiq sardorlari o‘zaro to‘qnashganini ta'kidlash kerak. Andrey Fyodorov hamda Mirjalol Qosimov o‘z vaqtida milliy jamoamiz sardorlari bo‘lishgan. Ikki sobiq sardorning maydondagi murabbiy sifatidagi to‘qnushuvini esa milliy jamoaning sobiq murabbiyi Vadim Abramov stadionda kuzatdi. Chunki keyingi turda «Bunyodkor» aynan OKMK bilan o‘ynaydi.

Tribuna.uz muxbiri o‘yinni stadiondan kuzatdi va voqealarni kadrga muhrladi. Quyida «Lokomotiv» - OKMK o‘yinidan tayyorlangan fotogalereyani e'tiboringizga havola qilamiz.


 

Suratlar muallifi: Ma'rufjon Asqarov.

Mavzuga oid