Fan-texnika | 16:24 / 16.04.2019
14535
1 daqiqa o‘qiladi

Aston Martin o‘zining birinchi elektrokarini namoyish etdi. U haqida 2015 yil e'lon qilingandi

Foto: Aston Martin

Shanxaydagi avtosalonda Aston Martin kompaniyasi o‘zi tomonidan ishlab chiqarilgan birinchi elektrokarni namoyish etdi. Bu sedan bo‘lib, Rapide E nomini oldi.

Foto: Aston Martin
Foto: Aston Martin

Avtomobil 65 kilovatt batareya bilan jihozlangan. Ishlab chiqaruvchining bayonotiga ko‘ra, avtomobil bir zaryadda «200 chaqirimdan oshiqroq» masofani bosib o‘tishi mumkin. Motorning kuchi taxminan 600 ot kuchiga teng, maksimal tezlik soatiga 250 kilometrni tashkil etadi.

Foto: Aston Martin

Aston Martin Rapide E’dan faqat 155 nusxa ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Mashina narxi hozircha e'lon qilinmadi.

Rapide E haqida birinchi marta 2015 yilda e'lon qilindi. Shundan so‘ng, Aston Martin xarajatlarni qisqartirish global dasturini qabul qildi, buning natijasida loyiha muzlatildi. 

Mavzuga oid