Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bojxonachilar Namanganda Italiya olmasini to‘xtatib qolishdi
Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idora vakillari bilan hamkorlikda sitrus mevalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishdi.
Tezkor tadbir davomida, “Namangan-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan fuqaro S.A boshqaruvidagi “ISUZU” yuk avtomashinasi Pop tumanida joylashgan yo‘l patrul xizmati maskanida to‘xtatilib belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.
Natijada, avtomashina yukxonasida tegishli hujjatlari bo‘lmagan, xorijda yetishtirilgan 110 million so‘mlik, og‘irligi 3638 kilogramm bo‘lgan 5 turdagi sitrus mevalari borligi aniqlandi.
Noqonuniy olib kelingan sitrus mevalari orasida Peruda yetishtirilgan uzum va avakado, Braziliya davlatida yetishtirilgan laym, Janubiy Afrika noki va Italiya olmalari mavjud bo‘lgan.
Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
08:40 / 28.05.2025
Chegaradan qariyb 40 kg zargarlik buyumlari noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi
22:51 / 27.05.2025
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
23:54 / 26.05.2025