Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp fransuzlarni Notr-Damdagi yong‘inni o‘chirishda hayallamaslikka chaqirdi
AQSh prezidenti Donald Tramp tvitterda Parijda butun dunyoga mashhur Notr-Dam-de-Pari sobori yonayotganidan dahshatda ekanini bildirdi.
Tramp ibodatxona yonayotganini ko‘rish ayanchli ekanini yozgan. U yong‘inni o‘chirish uchun zudlik bilan gidrosamolyotlar qo‘llashni tavsiya qilgan.
“Notr-Dam yonayotganini ko‘rish – bu dahshat. Balki, o‘t o‘chiruvchi gidrosamolyotlarni qo‘llash mumkindir. Tez harakat qilish kerak!”, deb yozgan Tramp.
Yong‘in restavratsiya ishlari olib borilayotgan ibodatxonaning yuqori qismida chiqqan. Ayni vaqtda cherkovning shpili, soati va tomi qulab tushgan.
Voqea joyiga Fransiya prezidenti Emmanuel Makron yo‘l olgan.
2013 yilda cherkov o‘zining 850 yilligini nishonlagan. U Parij ramzlaridan biri hisoblanadi va unda Fransiya tarixidagi muhim voqealar yuz bergan.
900 yildan ko‘proq tarixga ega cherkovda 1302 yil Fransiya qirolligining ilk general shtatlari – hozirgi parlamentning timsoli ochilgan. Unda Fransiya haloskori Janna d’Ark sud qilingan.
Aynan shu yerda 1804 yilda Rim papasi Piy VII Napoleon Bonapartga toj kiydirgan va u fransuzlar imperatoriga aylangan.
Mavzuga oid
10:18 / 18.04.2025
Parijda AQSh, Yevropa va Ukraina o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi
14:20 / 15.04.2025
Parij: Jazoir 12 nafar fransiyalik amaldorni chiqarib yuboryapti
14:10 / 07.04.2025
Parijda Marin Le Penni qo‘llab-quvvatlash namoyishi bo‘lib o‘tdi
10:51 / 24.03.2025