Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Otabek Shukurov muvaffaqiyatli o‘tgan jarrohlik amaliyotidan so‘ng videomurojaat yo‘lladi
O‘zbekiston milliy jamoasi va «Sharja» klubi yarimhimoyachisi Otabek Shukurov Londonda o‘ng oyog‘i boldiridan muvaffaqiyatli operatsiya qilindi. Bugun, 17 aprel kuni BAA klubi rasmiy tvitteriga uning jarrohlik amaliyotidan keyingi videomurojaati joylashtirildi.
«Operatsiyadan chiqdim, men bilan hammasi joyida. Ahvolim yaxshi. Inshaalloh, tez orada kuchli bo‘lib qaytaman.
Bugun «Al-Ayn»ga qarshi o‘yin. Hamma futbolchilarga omad. Inshaalloh, bugun g‘alaba qozonamiz», – degan Shukurov ingliz tilida.
BAA chempionatining 21-turi doirasidagi «Al-Ayn»ga qarshi o‘yin bugun Toshkent vaqti bilan soat 21:30da boshlanadi. 20-turdan keyin sharjaliklar eng yaqin ta'qibchisidan 9 ochkoga o‘zib ketgan holda peshqadamlik qilmoqda. Al-Ayn amirligi jamoasi esa to‘rtinchi o‘rinda boryapti.
Otabek o‘tgan turdagi «Baniyas»ga qarshi safardagi o‘yinni (2:1) bevosita stadiondan tomosha qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Shukurov mart oyidagi FIFA kunlarida Xitoyda bo‘lib o‘tgan «China Cup» turniri doirasida mezbonlarga qarshi o‘yinda shikastlanib, taxminan 2 oyga safdan chiqqandi.
Mavzuga oid
13:43 / 13.05.2024
Turkiyada bortida futbolchi Otabek Shukurov bo‘lgan samolyotni yashin urdi
08:10 / 01.08.2023
SportItalia: A Seriya klubi Otabek Shukurovga qiziqmoqda
16:56 / 27.01.2023
“Fatih”ni fath etgan Otabek yoxud Turkiya Superligasidagi ilk o‘zbek
16:31 / 30.07.2022