Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fotoreportaj: “Andijon” jamoasining yangi qiyofaga kirgan “Sog‘lom avlod” stadionidagi ilk g‘alabasi bayramga aylandi
Superliga doirasidagi 5-turning “Andijon” - “Nasaf” uchrashuvi deyarli 80 foiz yangi qiyofaga kirib katta ta'mirlash va o‘zgartirish ishlari olib borilgan «Sog‘lom avlod» stadionida bo‘lib o‘tdi. 16 mingdan ziyod muxlis tomosha qilgan uchrashuv avvalida viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov hamda O‘zbekiston olimpiya qo‘mitasi raisi Umid Ahmadjonovlar andijonliklarni dunyo standartlari darajasida yangilangan arena va futbol mavsumi bilan qutladilar.
Mezbonlar ustunligida o‘tgan o‘yinda “Andijon” nomdor raqibi “Nasaf” jamoasi ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Mezbonlarning gollariga Shahzod Ubaydullayev va Ro‘zimboy Ahmedov (2ta) mualliflik qilishdi.
Mazkur g‘alabadan so‘ng viloyat hokimi muxlislar ko‘z o‘ngida “Andijon” klubining har bir futbolchisini o‘n million so‘mdan mukofot bilan taqdirladi. Jamoaning bellashuvda o‘zini ko‘rsatgan futbolchisi Farhod Begmurodovga avtomobil sovg‘a qilindi. Muxlislar va futbolchilar “Andijon polkasi” sadolari ostida g‘alabani nishonladilar.
E'tiboringizga, mazkur bahsdan olingan fotosuratlar to‘plamini taqdim etamiz.
























Elmurod Ermatov va Firdavs Ermatovlar tayyorladi
Mavzuga oid
22:14 / 27.05.2025
«Nasaf» «Andijon»ni mag‘lub etib, O‘zbekiston Superkubogi egasi bo‘ldi
23:01 / 26.05.2025
Andijonda daraxt Cobalt ustiga qulab tushdi
19:26 / 26.05.2025
Andijonda tanishlari orqali 100 ming dollar kredit olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
07:50 / 24.05.2025