Jahon | 19:50 / 18.04.2019
17809
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoylik erkakning orqasidagi 15 kg o‘simtani olib tashlashga bir kundan ko‘proq vaqt talab etildi

Foto: Asia Wire

Xitoyda 68 yoshli erkakning orqasida o‘sib chiqqan 15 kglik o‘simta olib tashlandi.

Tan familiyali erkak 30 yil orqasida o‘simta bilan yashagan. Bu orada o‘simta uzunasiga 85 sm, eniga 65 smgacha o‘sib ketgan. Shifokorlar o‘simta erkakning o‘pkasi, umurtqasi va asosiy arteriyalariga qisman shikast yetkazgani sababli erkakni operatsiya qilishdan bosh tortib kelishgan.

Biroq erkak uyqu arteriyasini shikastlab olgandan keyin operatsiyani o‘tkazishga qaror qilingan. Xavf mavjudligiga qaramasdan, Yan Tszyun ismli shifokor jarrohlik operatsiyasini o‘tkazishga jazm qilgan.

O‘simtani olib tashlash bo‘yicha operatsiya 33 soat davom etgan. Erkak operatsiya davomida ko‘p qon yo‘qotgan, biroq omon qolgan. U 4 kun jonlantirish bo‘limida qolishiga to‘g‘ri kelgan, 6-kunga esa o‘zgalar yordamisiz harakatlana boshlagan.

Foto: Asia Wire

Mavzuga oid