Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Liviyada marshal Haftarni hibsga olishga order berildi
Liviyaning harbiy prokuraturasi Liviya milliy armiyasi qo‘mondoni marshal Halifa Haftarning hibsga olinishiga order berdi. Bu haqda “Interfaks” axborot agentligi xabar berdi.
Xabarga Haftar va uning 6 safdoshining ismlari keltirilgan orderlar nusxalari ilova qilingan.
Harbiy prokuratura milliy kelishuv hukumati boshchiligida ishlab, Tripolida joylashgan.
4 aprelda Haftar Tripoliga yurish boshlanishini e'lon qilgandi. Shu kuniyoq ilk janglar boshlanib, ular natijasida milliy armiya bir necha aholi punktlari ustidan nazoratni qo‘lga kiritgan. O‘shandan beri janglar oqibatida 200 ga yaqin odam halok bo‘lgan.
BMT Xavfsizlik kengashi va “Katta yettitalik” davlatlari tashqi ishlar vazirlari ixtilofni harbiy yo‘l bilan hal qilib bo‘lmasligini ta'kidlab, Haftarni jangovar harakatlarni to‘xtatishga chaqirishgan.
Mavzuga oid
00:50 / 21.01.2025
The Guardian: Xalqaro jinoiy sud «eng yomon ssenariyga» tayyorlanmoqda
07:50 / 26.08.2024
Profilaktika inspektori tomonidan himoya orderi tashabbus tartibida berilishi yo‘lga qo‘yiladi
08:07 / 18.07.2023
6 oyda 19 mingga yaqin xotin-qizlarga himoya orderi berilgan
10:42 / 15.06.2023