Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Koreya Pompeoni yadroviysizlash bo‘yicha muzokaralardan chetlatishni so‘radi
Shimoliy Koreya AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoni yadroviysizlash bo‘yicha muzokaralardan chetlatishga chaqirdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.
Shimoliy Koreya tashqi ishlar vazirligi Pompeoni muzokaralar rivojiga to‘sqinlik qilayotganlikda aybladi.
Vazirlikning AQSh bo‘yicha vakili Kvon Yen Gun Pompeoni “aljirayotganlikda” va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning so‘zlarini noto‘g‘ri yetkazayotganlikda aybladi.
“Men Pompeo muzokaralarda ishtirok etishda davom etsa, ular boshi berk ko‘chaga kirib qolishidan xavotirlanmoqdaman”, deb aytgan Kvon Yen Gun.
Uning ta'kidlashicha, Pxenyan “ehtiyotkorroq va yetukroq” muzokarachi bilan suhbat olib borishni ma'qul hisoblaydi.
Mavzuga oid
14:39 / 27.05.2025
Shimoliy Koreyada amaldor ag‘darilgan esminets tufayli hibsga olindi
13:00 / 06.05.2025
Shimoliy Koreya Rossiyaga 15 ming mehnat muhojirini yubordi
22:44 / 04.05.2025
Kim Chen In Shimoliy Koreya tanklarini yangilash zarurligini ma’lum qildi
18:19 / 28.04.2025